Выберите язык

«TEMIRYO'LTA'MIN» MChJ

Bu omborxonalar va ofis xonalarini ijaraga berish, bojxona ombori hamda transport xizmatlarini o‘z ichiga olgan kompleks xizmatlarni taklif etuvchi kompaniyadir.

Ombor tanlashda saqlash sharoitlariga alohida e’tibor berish kerak, chunki yukning saqlanishi bunga bog‘liq. Biz Toshkent shahrida yuklarni saqlash talablariga javob beradigan omborlarni ijaraga taklif qilamiz. Kompaniyamizga ishonishingiz mumkin, chunki yuklarni qayta ishlashning barcha bosqichlarida qat’iy hisob yuritamiz va ularning to‘liq saqlanishini ta’minlashga intilamiz.

Omborimizni tanlab, yukingiz o‘z vaqtida qayta ishlanishi va nazorat qilinishiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Omborxonalarni ijaraga olish biznesingizning muhim bo‘g‘iniga aylanishi mumkin! Ijaraga beriladigan omborlarda yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatiladi.

Shuningdek, «TEMIRYO'LTA'MIN» MChJ bojxona xizmatlarini ham taqdim etadi.

Bojxona nazorati zonasining umumiy maydoni — 14 420 М2.
U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ombor binolari — 12 110 М2,
ochiq maydonlar — 2 310 М2.

«TEMIRYO'LTA'MIN» MChJ yuklar bilan ombor operatsiyalarini bajarish uchun quyidagi uskunalarga ega:

- 20 tonnalik ko‘priksimon kran,
- avtoyuklagichlar,
- tovar tarozilari,
- gidravlik aravachalar.

Obyektning afzalliklari va xususiyatlari:

- keng omborxonalar, baland shiftlar, ofis xonalari, bojxona ombori, deklaratsiyalash, eksport-import xizmatlari
- qulay transport qatnovi, yaxshi kirish yo‘llari va avtoturargohlar
- Transport qatnovi uchun qulay joylashuv, temir yo‘lga chiqish imkoniyati; yuk va yengil avtomobillar uchun avtoturargoh mavjud
- temir yo‘l konteynerlari uchun mo‘ljallangan ochiq maydon
- majmua hududida qulay harakatlanish sxemasi
- kirish va chiqish joylarida transport oqimlarining kesishmasligi

Выберите язык